Hamkorlik memorandumi imzolandi.

  •  2020-10-30
Hamkorlik memorandumi imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devonining Xorazm viloyatida faoliyat ko'rsatuvchi hodimlari,Xorazm viloyatidagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish qabulxonasi,O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi,Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi o'rtasida yoshlar masalalari sohasida o'zaro hamkorlik to'g'risida MEMORANDUM imzolandi.

Memorandumning maqsadi mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar tadbirkorligi islohotlari jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish,yosh avlod vakillari tadbirkorligiga e'tiborni yanada kuchaytirish hamda amaliy yordam berish,yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash,shu orqali bandlikni ta'minlash,yoshlarni tadbirkorlik ko'nikmalarini,biznes savodxonligini oshirish va ular tadbirkorlik yo'lida duch kelishi mumkin bo'lgan byurokratik to'siqlarning oldini olishdan iborat.

Hamkorlik memorandumi yoshlarning biznes tashabbuslari,startap va g'oyalari , kichik biznes,olaviy tadbirkorlik,yoshlarning o'zini o'zi band qilishni,hunarmandchilikni rivojlantirish uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.