GRIPP va COVID-19ning 5 TA FARQI ?

  •  2020-10-13
GRIPP va COVID-19ning  5  TA FARQI ?

Ikki kasallik ham tumov,ko'z yoshlanishi,burun oqishi,aksa urish,tana haroratining ko'tarilishi bilan chekadi.

Shunday bo'lsada,COVID-19 va GRIPPni bir-biridan ajratuvchi bir necha belgilar mavjud :

1.Kasallikning inkubatsion (yashirin davri) grippda 5-7 kun,koronavirusda 2-14 kun

2.Grippda-umumiy belgilar ko'pincha tumovdan boshlanadi va 1-3 kungacha davom etadi,tana harorati 38 darajadan yuqori bo'lishi bir marta kuzatiladi,3-kundan boshlab bemor ahvoli yaxshilanishi boshlaydi.

Koronavirusda-aksariyat hollarda hid va ta'm bilish buzilishidan boshlanib,tana harorati 38 darajagacha ko'tariladi va so'ngra 37-37.5 bo'lib tuardi.Davolash to'g'ri olib borilsa,bemor ahvoli kasallikni 5-7 kunlarida yaxshilana boradi.

3.Grippning yengil kechuvida boshqa o'rganlarning zararlanishi , asab tizimi jarohatlanishi kuzatilmaydi,lekin og'ir kechivchi shakllarida qator a'zolarda asoratlar kuzatilishi mumkin.

Koronavirus kasalligida esa inson organizmining bir necha a'zolari (nafas ,yurak qon-tomir,buyrak,endokrin,markaziy va periferik asab tizimlari)  jarohatlanadi. Shuning uchun ham koronavirusda organizmning to'qima va hujayralarining kislorod bilan ta'minotiga yuqori ehtiyoj seziladi.

4. Koronavirus kasalligini tashhislash va davolash jarayoni bu kasallikda,ayniqsa,asab tizimi va ruhiyatni zararlanishini ko'rsatmoqda,insonlarda kayfiyat tushib ketib tushkinlik holati,vahima paydo bo'lmoqda,bunday o'zgarishlar esa gripp kasalligiga hos emas.

5.Reabilitatsiya jarayoni bo'yicha yengil shakldagi grippda tiklanish davri 7-10 kun bo'lib,asoratlangan holatlarda 1 oygacha bo'lishi mumkin,biroq koronavirus kasalligining og'ir va o'ta og'ir kechuvida o'pkalar interstitsiyasi,alveolalarining fibroz to'qima bilan qoplanishi oylar davom etishi yoki ma'lum qismi umuman tiklanmasligi ham mumkin.