Urganchda COVID-19ga chalingan 5604 nafar bemorga bepul dorilar berilgan.

  •  2020-12-04
Urganchda COVID-19ga chalingan 5604 nafar bemorga bepul dorilar berilgan.

Urganch shahridagi COVID-19 aniqlangan fuqarolar uchun qanday dorilar berilgan ?

5 xil turdagi dorilar :

a) Azitromitsin b) Parasetomol v) Plakvilin g) Askarbin kislotasi d)Sink 

Kim tomonidan va qancha dori-darmon jamlanmasi olingan?

Urganch shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan shahardagi mahalla aholisi  uchun bugungi kungacha jami 6536 ta dori-darmon jamlanmasi olingan.

Umumiy nechta bemor dori-darmon jamlanmasini olgan?

"COVID-box" jamlanmasi olgan bemorlar soni 5604 nafarni tashkil qiladi.

Urganch shahar hokimligi tomonidan bepul dorilar tarqatilganmi?

Ha,hokimlik tomonidan Magne B6,Komlivit D3,Sanarin burun tomchilari,Azitromisin,ORCA100 ml,Askarbin kislota,Gidroksixloraxin dori vositalari tarqatilgan,ushbu dori vositalari aholiga oilaviy poliklinikalar tomonidan bepul tarqatilgan.

Hozirda dori-darmon zahirasi mavjudmi?

Ha,bugungi kunda shahar tibbiyot birlashmasida aholi uchun 774 ta dori-darmon jamlanmasi mavjud.

 

 

Ma'lumotlar Urganch shahar hokimligi va Urganch shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.Raximov tomonidan taqdim qilingan.