Klasterlar paxta xomashyosini birja orqali jahon bozori narxlarida sotib olishadi
- 2023-12-12
Oʼzbek fermerlari uzoq kutgan hujjat - “Qishloq xoʼjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni imzolandi.
Endilikda chigit ekilishidan avval 1 noyabrgacha (keyingi yil hosili uchun 2024 yil 1 fevralgacha), fermer xoʼjaliklari va viloyat ichidagi klaster oʼrtasida tuproq hosildorligi normativlari doirasida fьyuchers shartnomalari Tovar-xom ashyo birjasining “paxta xomashyosi sektsiyasi”da bir hudud uchun oʼtkaziladigan savdolar orqali tuziladi.
Oldi-sotdi jarayonlarini mahalliy va boshqa hokimiyat vakillari aralashuvisiz amalga oshiriladi. Yaʼni, fermer oʼzi yetishtiradigan paxtaning miqdorini birjaga joylashtiradi hamda balandroq narx taklif etgan viloyat ichidagi klaster ushbu fermer bilan fьyuchers shartnomasini tuzadi.
Boshlangʼich narx Nyu-York birjasidagi paxta tolasining oxirgi 12 oydagi oʼrtacha narxi asosida belgilanadi. Barcha paxta xomashyosini yetishtiruvchi xoʼjaliklarga bir oy muddatda birjada ishtirok etish tartibi yuzasidan oʼquv seminar tashkil etadi hamda ularni roʼyxatdan oʼtkazadi.
Аvvalroq Prezident selektorida vaʼda qilingan oʼzgarishlar kuchga kirmoqda. Farmon qishloq xoʼjaligimizda uzoq kutilgan bozor munosabatlarini oʼrnatadi, fermerlik sohasini yangi bosqichga olib chiqadi, ularni yerning haqiqiy egasiga aylantiradi degan asos bor.
Bundan keyingi bosqich mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jahon brendlari bilan hamkorligini rivojlanishi boʼlishi kerak.