Президент табригидан тўлқинланиб

  •  2021-05-27
Президент табригидан тўлқинланиб

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qir ekanman,bu tabrik nafaqat bitiruvchilar,balki biz o‘qituvchilar uchun ham ajoyib motivatsiya bo‘lganligini yurak-yurakimdan his qildim.Ayniqsa yurtboshimizning oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yil 20 foizga yetganligi, mazkur ko‘rsatkich joriy yilda 28 foizga,2030 yilda esa 50 foizga yetkazish belgilanganligini aytib o‘tib,Toshkentda Yangi O‘zbekiston Universiteti yoshlarni o‘z bag‘riga chorlashini ta‘kidlab o‘tdilar.

Oxirgi 4 yil ichida Respublikamizda 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib,tubdan ta‘mirlangani va jihozlanganligi,mutlaqo yangi mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari,ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etilayotganligi,shu yil sentyabr oyida 14 ta fizika va 207 ta chet tillarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘z faoliyatini boshlashi qayd etib o‘tildi. 

Prezidentimizning ushbu tabrigida keltirib o‘tgan "Hech qachon unutmanglar,sizlar inson har tomonlama erkin,ozod va farovon yashaydigan Yangi O‘zbekiston,yangi Renessans bunyodkorisizlar","Sizlarni o‘z oldingizga yuqori maqsadlar qo‘yib,vaqtingizni behuda o‘tkazmay,doimo bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib borishingiz,yangi kasb-hunarlarni egallab olishingiz va asosiysi o‘z maqsadingiz sari tinmay harakat qilishingiz albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz garovidir" degan so‘zlari yuksak osmonlarda parvoz qilishga ahd qilib turgan bitiruvchilarimiz uchun mustahkam qanot bo‘lishi shubhasiz.

Men qilgan mehnatlarimiz qadrlanib,e‘zozlanadigan yurtda tug‘ilganligimdan, o‘qituvchilikdek buyuk va sharafli kasb egasi ekanligimdan va shunday imkoniyatlar yaratib berilayotgan ta‘lim dargohlaridan birining o‘qituvchisi ekanligimdan faxrlanaman.Har doim musaffo osmonimiz yoshlarimizni yuksak parvozlari ila bezalib,ularning jarangdor ovozlari jahon bilimlar maydonida mag‘rur jaranglab tursin.Oq yo‘l sizga O‘zbekistonimning maktab bitiruvchilari!Prezidentimizning har bir so‘zlari doimo ongizda,qalbingizda jarang sochib sizlarga kuch-quvvat bag‘ishlab tursin.Ulkan parvozlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

Matchonova Laylo
Xorazm viloyati, Urganch tumani, 43-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
оliy toifali tarix fani o‘qituvchisi