“Urganch aeroporti” chegara bojxona postida  media-tur oʼtkazildi

  •  2021-12-30

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda bojxona organlari faoliyati bilan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil                                      29 dekabrь kuni  “Urganch aeroporti” chegara bojxona postida  media-tur oʼtkazildi.
Mazkur tadbirda jurnalistlar va blogerlar bojxona organlari xodimlarininig xizmat faoliyatini ayni xizmat olib borilayotgan joydan kuzatish imkoniga ega boʼldilar. Unda tadbir ishtirokchilari bojxona nazoratini amalga oshirilish jarayonlari, ularga taqdim qilinishi lozim boʼlgan hujjatlar, bojxona nazorati texnik vositalarini qoʼllanilishi hamda xizmat itining ishlash jarayonlarining guvohi boʼlishdi.
Media-tur ishtirokchilariga “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti boshligʼi Elyor Yaqubov bojxona posti orqali tovarlarni bojsiz olib oʼtish meʼyorlari, olib kirilishi hamda olib chiqilishi taqiqlangan  tovarlar haqida ham maʼlumot berdi.
Post xodimlari tomonidan jurnalist va blogerlarga xizmatda foydalanilayotgan zamonaviy bojxona texnik vositalari haqida maʼlumot berildi. Mazkur media-tur ishtirokchilari bojxona nazorati texnik vositalarini  amaliyotda qanday ishlatilishini  ham guvohi boʼlishdi.
Jurnalist va blogerlar bojxona postining xizmat iti "Linda"ni oʼz vazifalarini aniq bajarishini katta qiziqish bilan kuzatishdi.
Taʼkidlash joizki, chegara bojxona postlarida tashkil qilingan “qizil” va “yashil” yoʼlaklar hamda bojxona nazoratining zamonaviy texnik vositalari bojxona postlari orqali ha
“Urganch aeroporti” chegara bojxona postidab media-tur oʼtkazildi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda bojxona organlari faoliyati bilan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil                                      29 dekabrь kuni  “Urganch aeroporti” chegara bojxona postida  media-tur oʼtkazildi.
Mazkur tadbirda jurnalistlar va blogerlar bojxona organlari xodimlarininig xizmat faoliyatini ayni xizmat olib borilayotgan joydan kuzatish imkoniga ega boʼldilar. Unda tadbir ishtirokchilari bojxona nazoratini amalga oshirilish jarayonlari, ularga taqdim qilinishi lozim boʼlgan hujjatlar, bojxona nazorati texnik vositalarini qoʼllanilishi hamda xizmat itining ishlash jarayonlarining guvohi boʼlishdi.
Media-tur ishtirokchilariga “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti boshligʼi Elyor Yaqubov bojxona posti orqali tovarlarni bojsiz olib oʼtish meʼyorlari, olib kirilishi hamda olib chiqilishi taqiqlangan  tovarlar haqida ham maʼlumot berdi.
Post xodimlari tomonidan jurnalist va blogerlarga xizmatda foydalanilayotgan zamonaviy bojxona texnik vositalari haqida maʼlumot berildi. Mazkur media-tur ishtirokchilari bojxona nazorati texnik vositalarini  amaliyotda qanday ishlatilishini  ham guvohi boʼlishdi.
Jurnalist va blogerlar bojxona postining xizmat iti "Linda"ni oʼz vazifalarini aniq bajarishini katta qiziqish bilan kuzatishdi.
Taʼkidlash joizki, chegara bojxona postlarida tashkil qilingan “qizil” va “yashil” yoʼlaklar hamda bojxona nazoratining zamonaviy texnik vositalari bojxona postlari orqali harakatlanayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratmoqda.
2021 yilning oʼtgan davri mobaynida  “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali 260 100 ming nafar fuqaro harakatlangan boʼlsa, shundan 257 187 nafar yoki (98 %) yashil yoʼlak orqali harakatlangan. rakatlanayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratmoqda.
2021 yilning oʼtgan davri mobaynida  “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali 260 100 ming nafar fuqaro harakatlangan boʼlsa, shundan 257 187 nafar yoki (98 %) yashil yoʼlak orqali harakatlangan.