Davlatimiz rahbari Samarqand shahrining Boʼstonsaroy va Rudakiy koʼchalarida

  •  2022-02-10
Davlatimiz rahbari Samarqand shahrining Boʼstonsaroy va Rudakiy koʼchalarida

Davlatimiz rahbari Samarqand shahrining Boʼstonsaroy va Rudakiy koʼchalari kesishmasida qurilgan tunnelni borib koʼrdi. 
 Tunnel qurilishi natijasida transport harakatiga qulaylik oshib, tirbandlik bartaraf boʼldi. Uning uzunligi 120, kengligi qariyb 27 metr.
Shavkat Mirziyoev mazkur tunnel yaqinida, Boʼstonsaroy koʼchasida qurilgan galereya uslubidagi koʼprikni ham koʼzdan kechirdi.
Samarqandda yoʼl infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha kelgusi rejalar haqida maʼlumot berildi.