Fargʼonada karta oʼynagan davlat xizmatchilari ishdan ketdi

  •  2023-10-25
Fargʼonada karta oʼynagan davlat xizmatchilari ishdan ketdi

Fargʼona viloyati, Uchkoʼprik tumanidagi davlat xodimlari karta oʼynagani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ular ishdan ketgani maʼlum boʼldi. 

Qayd qilinishicha, fotosuratdagi Uchkoʼprik tumani kambagʼallikni qisqartishirish va bandlik boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari Dilshodbek Daliev va tuman iqtisodiyot, moliya boʼlimi boshligʼi S,Rbilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. 

D,D ishdan boʼshash haqida oʼzi ariza yozganini ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlum qilgan. 

«Beayb parvardigor. Tan olish ham mardning ishi.

Uning qoʼshimcha qilishicha, fotosurat eski boʼlib, 26 avgustda (shanba, dam olish kuni) olingan. Voqea qaerda sodir boʼlganiga oydinlik kiritilmagan. Shuningdek, fotosuratdagi qolgan ikki nafar shaxsning kimligi ham nomaʼlum.