Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

  •  2024-02-07
Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʼullanib kelgan U.S. fuqaro M.Sh.dan jami 20 000 АQSh dollarini 248 mln soʼmga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning avto transport vositasidan 15 006 АQSh dollari va 286,7 mln soʼm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Narpay tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʼullanib kelgan T.X. jami 3 700 АQSh dollarini fuqaro S.D.ga 46,1 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 3 700 АQSh dollari va 19,4 mln soʼm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qiziltepa tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʼullanib kelgan V.Q. va А.X. jami 3 700 АQSh dollarini fuqaro А.А.ga 46,2 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Аndijon viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash shugʼullanib kelgan M.T. 3 500 АQSh dollarini fuqaro M.M.ga 43,5 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, jami 5 500 АQSh dollari va 3,8 mln soʼm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Gʼozgʼon shahar boʼlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash shugʼullanib kelgan F.G. jami 3 200 АQSh dollarini fuqaro А.А.ga 39,8 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʼtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.