O‘zbekiston ko‘ngillilari mamlakat va jahondagi iqlim o‘zgarishining oqibatlarini muhokama qilishda ishtirok etdilar

  •  2022-05-03
O‘zbekiston ko‘ngillilari mamlakat va jahondagi iqlim o‘zgarishining oqibatlarini muhokama qilishda ishtirok etdilar

O‘zbekiston ko‘ngillilari mamlakat va jahondagi iqlim o‘zgarishining oqibatlarini muhokama qilishda ishtirok etdilar

Toshkent, 2022 yil 26 aprel - Iqlim o'zgarishining barchamiz uchun dolzarb bo’lgan haqiqiy muammolari nima? Volontyorlar iqlim o’zgarish oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish choralarini qo'llashda qanday rol o'ynashi mumkin? Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot Vazirligi (FCDO) tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston koʻngillilar uyushmasi aʼzolari uchun Café Scientifique sessiyasida iqlim oʻzgarishi boʻyicha mutaxassislar ushbu savollarga javob berdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari iqlim o‘zgarishining kelib chiqish sabablari, uning ekologik oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar haqida O‘zgidrometning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha eksperti Lyudmila Shardakovadan ma’lumot olishdi. 

Resurslarni tejash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmasa, O‘zbekistonda issiq ob-havo (issiqlik to‘lqinlari) va tobora qurg‘oqchil iqlim sharoitida ichimlik suvi yetishmasligi hamda suv resurslari taqchilligi kuchayishi bilan bog‘liq inson salomatligi uchun xavf ortib borishi mumkin. Iqlimning oʻzgarishi qurg'oqchilik va qishloq xoʻjaligida beqarorlikni keltirib chiqarishi va respublikaning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan chang boʻronlari, sellar, toshqinlar va shu kabi boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar sonining koʻpayishiga olib keladi.

"Iqlim o'zgarishi oqibatlari mavzusi allaqachon insonlarga ta'sir qilishni boshlagan va bu ta’sir yil sayin ortib boradi. O'zbekiston ko'ngillilari daraxtlar ekishda, inson faoliyati va iqlim o'zgarishi oqibatlari tufayli muammoga duch kelgan yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishda faol ishtirok etmoqdalar. Bugungi uchrashuv va biz mutaxassislardan olgan ma'lumotlar bizni iqlimiy vaziyatni yaxshilash uchun bugun chora ko'rish qanchalik muhimligi haqida yana bir bor o'ylashga majbur qildi”, – deydi O‘zbekiston ko‘ngillilar uyushmasi direktori Shirin Obidova. Uning soʻzlariga koʻra, assotsiatsiya butun mamlakat boʻylab oʻz aʼzolari oʻrtasida iqlim tizimidagi oʻzgarishlar va iqlim oʻzgarishining oldini olish choralari haqida axborot uchrashuvlari oʻtkazadi.

Ishtirokchilar, shuningdek, 2022-yil 2-3-iyun kunlari Stokgolmda (Shvetsiya) bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining xalqaro yig‘ilishini muhokama qildilar. “Ushbu uchrashuv BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha Oʻn yillik harakatlar, Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij kelishuvi, 2020-yildan keyingi 2020 yildan keyingi Global bioxilma-xillik doiraviy dasturi va yashil hududlarni qayta tiklash rejalarini amalga oshirishga yordam ko'rsatishga moʻljallangan. Bu barcha odamlar, jamoalar, tashkilotlar va hukumatlar uchun birlashish va barqaror sayyora yaratish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishni tezlashtirish uchun noyob imkoniyatdir”, — dedi BMTTDning Stokgolm+50 dasturining O‘zbekistondagi Milliy maslahatlashuv koordinatori Umidjan Nazarqulov.

“Bugun eshitganlarim va koʻrganlarim meni hayratda qoldirdi, chunki bungacha inson faoliyati natijasida iqlim oʻzgarishi oqibatlari koʻlami haqida hech qanday tasavvurga ega emas edim. O‘zbekiston issiqxona effektini yaratuvchi issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z zimmasiga ulkan majburiyatlarni oldi va biz, mamlakat fuqarolari bu rejalarni amalga oshirishga hissa qo‘shishimiz kerak. Men bo‘lajak shifokorman va iqlim o‘zgarishi insonlar va ularning sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini yaxshi tushunaman”, - deydi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi, Ko‘ngillilar uyushmasi a’zosi Dilnoza Sulaymonova.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot vazirligining (FCDO) moliyaviy ko’magida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuv iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolarni hal qilish istagi  atmosfera havosi sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kurashda fuqarolik jamiyati va hukumatlarni birlashtirganini yana bir bor namoyish qildi.