Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

  •  2024-03-27
Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Bunyodkor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi toʼxtatilib koʼzdan kechirilganda, fuqarolar I.M. va U.I. xorijda ishlab chiqarilgan 470 turdagi hech qanday hujjatsiz 19 214 dona dori vositalarini oʼtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 
 
Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, tuman hududidagi savdo markazi avtoturargohida jami 35 quti “Аvastin” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 158 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.