Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi.

  •  2022-08-29
Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev: "Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, bunga oʼz hayotini bagʼishlagan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir. Ona yurtga muhabbat va sadoqat, or-nomus va shon-sharaf bobida unga teng keladigan ulugʼ shaxslar dunyoda kamdan-kam uchraydi"

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 avgust kuni Urganch shahrida Аl-Xorazmiy shaharchasi qurilishi poydevoriga kapsula qoʼydi.Davlatimiz rahbari bu loyiha bilan joriy yil martda viloyatga safari chogʼida tanishgan, uni takomillashtirish boʼyicha koʼrsatmalar bergan edi. Shular asosida “pishitilgan” loyiha ijobati bugungi xayrli kunlarda – mustaqillik bayramimiz arafasida boshlandi.Marosimda xorazmlik yoshullilar, ayollar, yoshlar ishtirok etdi. Prezidentimiz ular bilan muloqot qildi.– Bugungi zamonaviy ilm-fanning, elektron kashfiyotlarning tub zamini Аl-Xorazmiy bobomizning mislsiz ilmiy merosi bilan bogʼliq. Biz bu bilan nafaqat faxrlanashimiz, balki unga munosib boʼlishimiz kerak. Shuning uchun Urganch shahrida buyuk olim nomi bilan ataladigan alohida shaharcha barpo etishga qaror qildik, – dedi davlatimiz rahbari.Bu majmua Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod qilinadi. Samolyotdan tushgan har qanday odamning koʼz oʼngida avvalo mana shu goʼzal maskan namoyon boʼladi. Shaharcha markazida Xorazmiy bobomizning muazzam haykali oʼrnatiladi.Аsosiysi, bu yerda Аl-Xorazmiy nomidagi yangi universitet barpo etiladi. Uning qoshida isteʼdodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab quriladi. Ularda oʼqigan yoshlar shaharchada bunyod etiladigan ilm-fan, innovatsiya va madaniyat markazlarida faoliyat koʼrsatib, buyuk ajdodimizning anʼanalarini davom ettiradi.Shuningdek, bu yerda texnopark va ofislar, tibbiyot, innovatsiya va madaniyat markazlari, xiyobonlar, maktab va bogʼchalar, sport majmualari, avtoturargoh, savdo va maishiy binolar boʼladi. 5 mingta xonadonli 104 ta koʼp qavatli uy-joy barpo etiladi. Inshootlar “aqlli texnologiyalar” asosida jihozlanadi.Davlatimiz rahbari majmua bunyodkorlarini Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ushbu masʼuliyatli va sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.Shundan soʼng Prezidentimiz Xorazmga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.