Xorazmda qor kuchli yogʻdi

  •  2022-01-30
Xorazmda qor kuchli yogʻdi

Xorazmda qor kuchli yogʻdi

28-yanvar kuni Xorazm viloyatida ob-havo sharoiti noqulay kelib, qor kuchli yogʻdi.

 Oqibatda baʼzi hududlarda elektr energiya tizimida avariyali oʻchishlar yuz berdi. Hozirgi vaqtda elektr taʼminotini tiklash choralari koʻrilmoqda.

Yoʻllar muzlama bilan qoplanib, transport vositalarining harakati qiyinlashdi. Shahar chorrahalari, koʻpriklarga qum sepilib, muzlamani bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda.