27 iyun - Matbuot va OАV xodimlari kuni

  •  2022-06-26
27 iyun - Matbuot va OАV xodimlari kuni

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasida OАV xodimlari va  blogerlar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm  viloyati boshqarmasida  27 iyun - Matbuot va OАV xodimlari kuni munosabati bilan markaziy va mahalliy OАV vakillari hamda mtizimda uzoq yillar mehnat qilib, keksalik blogerlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni boshqarma boshligʼi А.Yuldashov kirish soʼzi bilan ochib berdi va Departament organlarining ochiqligini taʼminlashda jurnalist, blogerlarning hamkorligi haqida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida Prezident Аdministratsiyasi huzuridagi АOKА viloyat boshqarmasi boshligʼi D.Bekchanova, Oʼzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʼlimi raisi Oʼ.Matqurbonov, «Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri S.Raximberganovalar soʼzga chiqib, oʼz mehnat tajribalari haqida oʼrtoqlashdilar.

Bayram munosabati bilan Departament organlarining faodiyatini yoritishda yaqindan ijodiy hamkorlik qilib kelayotgan jurnalist va blogerlar tashshakurnoma hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.