Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan II Xalqaro bahodirlar o‘yinlari o‘tkazildi.

  •  2022-06-06
Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan II Xalqaro bahodirlar o‘yinlari o‘tkazildi.

3-6 iyun kunlari Xiva shahrida Xorazmlik yengilmas bahodir va ma'rifatparvar shoir, faylasuf va so‘fiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan II Xalqaro bahodirlar o‘yinlari o‘tkazildi.
      🏋🏻‍♂️Musobaqada 14 ta davlatlardan kelgan 16 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Ular 2 kun davomida milliy naqshli ustunlarni ko‘tarish va ushlab turish, og‘ir toshlarni ustunlarga o‘rnatish, mevalar bilan to‘ldirilgan aravani ko‘tarish, poyezd lokomotivini 20 metrga tortish va boshqa musobaqalarda asosiy sovrin uchun kuch sinashdilar.
     🏋🏻‍♂️ Turnir yakuniga koʻra, 1-oʻrinni Eronlik Rizo Qitosiy qoʻlga kiritdi va 5 ming  AQSH dollar mukofoti blan taqdirlandi.
2-oʻrin Yangi Zelandiyalik Rongo Kingavaga nasib qildi va 3 ming  AQSH dollar bilan, 3-oʻrin Rossiyalik Pyotr Martinenkoga nasib qildi va 1 ming  AQSH dollar bilan mukofotlandi.

Eslatib o'tamiz «Pahlavon Mahmud – Bahodirlar oʻyinlari» I xalqaro turnirida Rizo Qitosiy 2-o'rinni egallagan edi.