Oʼzbekistonda METАN GАZ zapravkalari 3-4 kun ishlamasligi mumkinmi?

  •  2022-12-05
Oʼzbekistonda METАN GАZ zapravkalari 3-4 kun ishlamasligi mumkinmi?

Hurmatli iste'molchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari!“Hududgazta’minot” AJ ijtimoiy tarmoqlarda Avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish butunlay to‘xtatilayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi.Ayni paytda gaz ta’minoti sohasi xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi bilan bog‘liq vaziyat ayrim joydagi mahalliy tarmoqlarga ta'sir kòrsatganligi sababli ba'zi hududlarda viloyat hokimliklari tomonidan avval tasdiqlangan AGQKSH ish jadvallariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.“Hududgazta’minot” AJ ijtimoiy tarmoq faollari va OAV vakillaridan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik va iste’molchilarni chalg‘itmaslikni so‘raydi."Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmati