Qarzdorga nisbatan qoʼllanilgan cheklov va taqiqlar bekor qilindi

  •  2022-01-18
Qarzdorga nisbatan qoʼllanilgan cheklov va taqiqlar bekor qilindi

Qarzdorga nisbatan qoʼllanilgan cheklov va taqiqlar bekor qilindi

Majburiy ijro byurosi Urganch shahar boʼlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʼyicha Urganch tumanlararo sudining 07.06.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor B.K. dan undiruvchi Yu.Sh.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borildi.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan Respublikadan chiqish xuquqlariga vaqtincha cheklov qoʼyilgangan. 
Ijro hujjati boʼyicha, qarzdor tomonidan farzanlaridining taʼminoti uchun 50 mln. soʼm aliment pullari undiruvchiga oldindan toʼlab berildi 
Undiruvchining yozma iltimosnomasiga asosan mazkur ijro ishi tamomlanib, qarzdorga nisbatan qoʼllanilgan cheklov va taqiqlar toʼliq bekor qilindi.