Xorazmda IT Park Urganch filiali ochildi

  •  2022-02-16
Xorazmda IT Park Urganch filiali ochildi

Xorazmda IT Park Urganch filiali ochildi

Bugun dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki – IT Park Urganch filialining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. 

Tadbirda Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri oʼrinbosari Ko Kyu Chang boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, viloyat hokimi Farxod Ermanov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.