Hasanboy chempionlik jangidan 350 ming АQSh dollari ishlab oldi

  •  2024-04-15
Hasanboy chempionlik jangidan 350 ming АQSh dollari ishlab oldi

Kuni kecha Toshkentda boʼlib oʼtgan «IBA Chempionlar oqshomi»da ringga koʼtarilgan Hasanboy Doʼsmatov gʼalaba qozongani xabar qilingandi.

Hasanboy ispaniyalik Samuel Karmona bilan jangda ochkolar hisobida raqibdan ustun keldi va IBA chempionlik kamarini qoʼlga kiritdi. Doʼsmatov, shuningek, ushbu gʼalabasi orqali 350 ming АQSh dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ham ega boʼlgan.

Eslatib oʼtamiz, ushbu boks kechasida ringga koʼtarilgan barcha oʼzbek bokschilari zafar quchishdi.