"Xorazm issiqlik manbai"ga MEDIA-TUR!

  •  2020-12-09

9-dekabr kuni Xorazm viloyati OAV vakillari,jurnalistlar va blogerlar uchun Xorazm viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi tomonidan media tur tashkillashtirildi.

"Xorazm issiqlik manbai" DUK tasaruffida jami 104 ta qozonxona,shundan Urganchda 40 ta qozonxona,tumanlarda 64 ta mahalliy qozonxona faoliyat ko'rsatmoqda.Qozonxonalarga har-xil rusumdagi 265 ta (Urganchda 121 ta , tumanlarda 144 ta) qozonlar o'rnatilgan.Qozonlarning quvvati 203,1 Gkal/soat bo'lib,amalda 85 Gkal/soat,ya'ni ishlab chiqarish quvvatidan 42% foydalanilmoqda.

Korxona viloyat bo'yicha 201 ta yuridik tashkilotlani issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta'minlaydi.Shundan,33 tasi maktabgacha ta'lim muassasalari,65 tasi maktab va internatlar,8 tasi litsey,19 tasi kasb-hunat kollejlar,3 tasi oliy ta'lim muassasalari,32 tasi sog'liqni saqlash muassasalari va 41 tasi boshqa tashkilotlardir."Xorazm issiqlik manbai" DUK tasaruffidagi qozonxonalar 333 ta ko'p qavatli turar joylarda yashaydigan 12 385 ta aholi xonadonlari va 208 ta tashkilotlarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta'minlaydi.

Aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida hududiy "Ta'mirlash-tiklash xizmati" DUKlar negizida "Tez kommunal xizmat" servis tizimi yo'lga qo'yildi.1184-qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.Viloyat bo'yicha 1 ta "Ta'mirlash-tiklash xizmati" DUK xizmat ko'rsatmoqda.1184 qisqa raqami 24  soat ish rejimida faoliyat olib bormoqda.Vazirlik tomonidan 2 ta maxsus avtotransport vositalari bilan ta'minlangan.

Hozirgi kunda "Tez kommunal xizmat" servislari tomonidan ko'p qavatli uylar uchun 20 dan ortiq xizmat turlari ko'rsatilmoqda.1184-qisqa raqami orqali dispetcherlik xizmatlari tomonidan jami 247 ta murojaat kelib tushgan va shu kunga qadar 271,5 mln so'mlik hajmda xizmatlar ko'rsatilgan.Hozirgi kunda korxona tomonidan xizmat ko'rsatish turlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda,buning hisobiga aholining ish bilan band bo'lmagan qismi ish bilan ta'minlanmoqda.

Media tur davomida barcha  savollarga batafsil va aniq javoblar berildi.