Yangi O`zbekistonda yangi Tracker

  •  2022-07-26
Yangi O`zbekistonda yangi Tracker

Yangi O`zbekistonda yangi Tracker

“UzAuto Motors” AJ Chevrolet Tracker-2023 modelini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. Kompaniya Chevrolet Tracker-2023 modelini joriy yilning 18-iyunidan ishlab chiqarishni boshladi. Uzoq kutilgan Chevrolet Tracker-2023 avtomobilining ishlab chiqarilishiga bag`ishlangan taqdimot marosimi Andijon viloyatining Asaka shahridagi “UzAuto Motors” AJ zavodida tantanali tarzda bo`lib o`tdi. Yangilangan Chevrolet Tracker avvaligisidan o`zining qulayligi hamda tashqi ko`rinishi bilan farq qiladi.

 

Yurtboshimizning “UzAuto Motors” AJ kompaniyasiga bergan topshirig`iga asosan hamda mijozlarning talablaridan kelib chiqib, Chevrolet Tracker-2023 avtomobilining ishlab chiqarilishi O`zbekiston mashinasozlik sanoati rivojlanish bosqichlarining ilk qadamlaridan biri bo`ldi. Tracker avtomobili avval Xitoy va Braziliya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan bo`lib, ushbu avtomobil O`zbekiston bozorlariga 2021-yilning yanvar oyida Xitoydan kirib kelgan. Endilikda krossover tipidagi avtomobil to`liq siklda O`zbekistonda ishlab chiqariladi boshladi.

Avtomobillar GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarila boshlandi. Investitsiyalarning hajmi 620 milliondan oshgan bo`lib, asosiy investitsiyalar korxonani modernizatsiya qilish va  mahalliy yetkazib beruvchi hamkorlar tomonidan ishlab chiqarishga yo`naltirilgan sarmoyalar evaziga amalga oshirilgan. Yurtboshimizning topshirig`iga asosan “UzAuto Motors” AJ kompaniyasining ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich takomillashtirish ishlari doirasida, yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish amalga oshirildi.  

Kompaniyaning ma`lumotlariga ko`ra ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 000 dona yangilangan Chevrolet Tracker avtomobilini tashkil etadi. Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun Asaka zavodida lazer va plazmali payvandlash, kuzovni lazer bilan o`lchash va yana zamonaviy texnologiyalar olib kelindi, shuning bilan birga butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish bo`yicha ishlar olib borilgan.

 

Yangi Tracker avvalgilaridan qulayligi hamda tashqi ko`rinishi bilan farqlanib qolmasdan dvigatel o`zgarishlarini ham o`z ichiga oladi. Xitoyda ishlab chiqariladigan avvalgi dvigatel o`rniga yangi tejamkor 1,2 hajmli, uch silindrli CSS Prime turbodvigatel va avvaligisidan 8 ot kuchi bilan farq qiluvchi kuchliroq ya`ni 132 ot kuchiga ega dvigatel joylashgan.

Avtomobil sotuvi va “UzAuto Motors” AJ ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo`shimcha ravishda 500 dan ortiq  chet el mutaxassislari jalb qilingan.

Ilk bosqichda Chevrolet Tracker 3 ta asosiy:  LS, LT va Premier komplektatsiyalarda ishlab chiqariladi. Avtomobillar sotuvi 2022- yilning 30-avgust sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Marosim, “O’zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va hozirgi kunda bosh vazir  maslahatchisi Bobir Islomovlarning nutqi bilan ochib berildi. Shuningdek “UzAuto Motors” AJ kompaniyasi boshqaruvchi direktor Bo Inge Andresson hamda GM International global ta'minot va ta'minot tizimi vitse-prezidenti Jonni Saldana, General Motors rahbariyati nomidan so`zga chiqib kompaniyani yangi avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.

 

“Bugun biz barchamiz tarixiy va unutilmas voqeaning guvohi bo’ldik – “UzAuto Motors” kompaniyasi Chevrolet Tracker zamonaviy avtomobilini to’liq silkda ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi. Bu faqat boshlanishi. Kompaniya bundan buyon avtomobillar qatorini zamonaviy va talabgir avtomobillar bilan to’ldiradi. Bularning barchasi mamlakatimiz rahbariyati va General Motors kompaniyasining har tomonlama ko’magi hamda butun sanoat xodimlarining, jumladan, “O’zavtosanoat”, “UzAuto Motors” AJ, mahalliylashtirish korxonalari va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda ishtirok etayotgan boshqa ko’plab tarkibiy korxona xodimlarining qo’llab quvvatlashi tufayli amalga oshirildi”, – deya ta’kidladi “O’zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov.

«Chevrolet Tracker 2023-yil modeli ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish – O'zbekistonda va yana, komponentlarning katta qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplanadigan, O’zbekiston va MDH bozorlarida sotiladigan GEM platformasida yangi avlod avtomobillari ishlab chiqarilishining boshlanishidir. Alyans doirasida, biz GEM Tracker-ni o'z vaqtida va benuqson ishga tushirishni ta'minlashda texnik tomondan ko’maklashishdan hamda tajribamiz bilan o'rtoqlashish imkoniyatidan mamnunmiz. Biz keyinchalik ham ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishda ko’maklashishda davom etamiz” – dedi GM International global xarid va ta’minot zanjiri vitse-prezidenti Jonni Saldana.

Yangi avtomobilning ishlab chiqarilishi 18-iyul sanasidan boshlangani, 19-iyul kuni esa kompaniya o`zining 26 yoshga to`lgani munosabati bilan ikkala shodiyonani bir nishonladi.

18-iyuldan boshlab ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan avtomobil, bu yil 19-iyulda 26-yoshni qarshilaydigan “UzAuto Motors” AJ va avtomobil ixlosmandlari uchun yaxshi yangilik bo`ldi.

Chevrolet Tracker-2023 hozirgi zamon talablarini qondira oladigan, zamonaviy tashqi hamda ichki ko`rinish, CSS Prime tejamkor dvigateli, intelektual funksiyalar, xavfsizlik, qulaylik,  samaradorlik va tejamkorlikni o’zida aks ettirgan zamonaviy avtomobil sifatida ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yildi. L shaklidagi LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar xavfsizlikni hamda zamonaviylikni o`zida aks ettiradi. Panoramali lyuk avtomobil salonida kenglik va erkinlik tuyg’usini yaratadi.

 

 

Yangi uslubdagi qulay o’rindiqlari uzoq safarlarda ham charchoq hissini bildirmaydi.

Zamonaviy texnik xususiyatlar avtomobilni boshqarishda yanada zavq bag'ishlaydi.

Chevrolet Tracker-2023 texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

- 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 97 kW quvvatga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;

- 6-pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi;

- aralash silkda tejamkor yoqilg'i sarfi 6,9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo’lda harakatlanish- 5,6 l/100 km;

- xavfsizlikni ta'minlash tizimi (past tezlikda avtomatik tormozlash, ko’rinishi cheklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlash, oldinda turgan to'siqlar haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya, yarimavtomat (parallel) to'xtash tizimi;

- haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (Klimat kontrol);

- kruiz-kontrol;

- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;

- charmdan rul qoplami;

- elektr mexanizmga ega haydovchi o'rindig'i; 

- eko-charmdan o'rindiqlar qoplamalari;

- simsiz zaryadlash;

- to'liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar va h.k