Hazorasp tumanida noqouniy yer savdosining oldi olindi.

  •  2022-06-21
Hazorasp tumanida noqouniy yer savdosining oldi olindi.

Hazorasp tumanida noqouniy yer savdosining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O.I. va Q.K. bosh bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor qishlogʼi hududida tuman hokimligi zaxirasida boʼlgan 6 sotix yer uchastkasini oʼzlariga tegishli ekanligini, ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun sotishlarini aytib, kelishilgan 6 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.