“UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali tarixiy xaqida.

  •  2022-06-16
“UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali tarixiy xaqida.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi toʼgʼrisida”gi 1856-sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi “Xorazm viloyatida “Damas” rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 51-sonli qaroriga muvofiq viloyatda “Damas” rusumidagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish vazifasi belgilandi.

 

Zavod hududining umumiy maydoni 40100 m2 boʼlib, shundan ishlab chiqarish sexlari maydoni 26618 m2, extiyot qismlar omborxonalar maydoni 4280 m2, maʼmuriy bino maydoni 1800 m2, logistika maydoni 8400 m2, kommunal xizmati maydoni

3010,7 m2, tayyor avtomobillarni sinash uchun moʼljallangan avtotrek maydoni

1200 m2, transport boʼlinmasi maydoni 3312 m2 ni tashkil qiladi.

 

Ishlab chiqarish natijalari

«UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filialida 2014 yilda jami 21987 ta avtomobil, shundan 20491 ta Damas, 1496 ta Orlando avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2015 yilda jami 30721 ta avtomobil, shundan 27804 ta Damas, 1418 ta Labo hamda 1499 ta Orlando avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2016 yilda jami 19631 ta avtomobil, shundan 17305 ta Damas, 1990 ta Labo hamda 336 ta Orlando avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2017 yilda jami 27660 ta avtomobil, shundan 24140 ta Damas, 3132 ta Labo hamda 388 ta Orlando avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2018 yilda jami 42433 ta avtomobil, shundan 35997 ta Damas, 6003 ta Labo hamda 433 ta Orlando avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2019 yilda jami 59 112 ta avtomobil, shundan 53 112 ta Damas, 6 000 ta Labo avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2020 yilda jami 60 715 ta avtomobil, shundan 54746 ta Damas, 5 969 ta Labo avtomobillari ishlab chiqarilgan.

2021 yilda jami 72 226 ta avtomobil, shundan 57 440 ta Damas, 14 786 ta Labo avtomobillari ishlab chiqarilgan.

 

KORXONАNING ERIShGАN YUTUQLАRI:

  1. 2016 yilda «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali “Xodimlarni jalb qilish” (PI) printspi boʼyicha dunyodagi “General Motors” korporatsiyasi zavodlari ichida birinchi oʼrinni egalladi.
  2. 2017 yil davomida dunyodagi “General Motors” korporatsiyasi zavodlari ichida erishgan natijalari uchun «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali barcha yoʼnalishlar boʼyicha “Eng yaxshi zavod” nominatsiyasini qoʼlga kiritdi.
  3. Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi sharafiga bagʼishlab “Oʼzavtosanoat” АJ korxonalari oʼrtasida “Xodimlarga xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish estetikasi va madaniyatini yaxshilash” boʼyicha oʼtkazilgan koʼrik tanlovda «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali “Eng yaxshi korxona” nominatsiyasi boʼyicha Respublikada birinchi oʼrinni egalladi.
  4. «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filialida 2017 yilning

30-31 oktyabrь va 1 noyabrь kunlari “General Motors International Operations” (GMIO)ning avtomobil ishlab chiqarish zavodlari sifat darajalarini belgilab beruvchi BIQ-III (build in quality) auditi boʼlib oʼtdi.

Аudit GMIOning kalibrovka rejasiga asosan, GMIO kalibrator sertifikatiga ega boʼlgan - Janubiy Koreya, Xitoy, АQSh va Hindiston respublikalarida joylashgan GM avtomobil ishlab chiqarish zavodlarining yuqori malakaga ega kalibratorlari tomonidan oʼtkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasida Аvtomobil ishlab chiqarish zavodlari ichida birinchi boʼlib, «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali BIQ-III (build in quality) sifat darajalarini belgilab beruvchi sertifikatini qoʼlga kiritdi.

  1. 2018 yil 24 aprelь kuni zavodimiz ISO 50001:2015 «Energomenejment tizimi» Xalqaro sifat standarti sertifikatini qoʼlga kiritdi.
  2. 2019 yil “General Motors International Operations” (GMIO)ning avtomobil ishlab chiqarish zavodlari sifat darajalarini belgilab beruvchi BIQ-IV (build in quality) auditi oʼtkazilib, «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali BIQ-IV (build in quality) sifat darajalarini belgilab beruvchi sertifikatni qoʼlga kiritdi.
  3. 2019 yil Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Oʼzavtosanoat” АJ korxonalari oʼrtasida “Xodimlarga xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish estetikasi va madaniyatini yaxshilash” boʼyicha oʼtkazilgan koʼrik tanlovda «UzAuto Motors” АJ Xorazm viloyati filiali “Eng yaxshi korxona” nominatsiyasi boʼyicha Respublikada faxrli birinchi oʼrinni egalladi.

"UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori Jumaniyazov Sabir Matkarimovich

 

Bilan 14.06.2022 yil uchrashib "UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filiali bilan to’liq tanishdik va ochoq oydin guvohi bo’ldin.

 

"UzAuto Motors" AJga o’z minotdorchilikimiz bildirib qolamiz.

 

 

Sherzod.R