Xorazmda “Bojxona malikalari” koʼrik tanlovining viloyat bosqichi gʼoliblari aniqlandi

  •  2022-02-22
Xorazmda “Bojxona malikalari” koʼrik tanlovining viloyat bosqichi gʼoliblari aniqlandi

Xorazmda “Bojxona malikalari” koʼrik tanlovining viloyat bosqichi gʼoliblari aniqlandi

Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Eng goʼzal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom koʼrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega boʼlib, yuqori maqom darajasiga koʼtarilmoqda. Jamiyatning madaniyat darajasi, maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʼlgan munosabat bilan belgilanadi.

Yaqinlashib kelayotgan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan kuni kecha Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida xizmat qilayotgan ayol xodimlari oʼrtasida “Bojxona malikalari” Respublika koʼrik tanlovining viloyat bosqichi oʼtkazildi. 

Tanlov shartlari koʼra tanishtiruv, savol-javoblar, jangovar shaylik, pazandalik va erkin mavzu yoʼnalishlarida 3 nafar ayol xodimlar ishtirok etishdi.

Qiziqarli bahs va shartlar asosida tashkil etilgan ushbu tanlovda “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti inspektori S.Yuldasheva gʼolib deb topilib, boshqarmaning diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.