Mukofotlanganlar Xorazm viloyati roʼyxati eʼlon qilindi.

  •  2022-08-29
Mukofotlanganlar Xorazm viloyati roʼyxati eʼlon qilindi.

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʼttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

«Jasorat» medali bilan
Safarbaeva Nazira Kamilovna - Xorazm viloyati «Mehr gulshani» nogiron bolalar va yoshlarni qoʼllab-quvvatlash jamiyati raisi

«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar)
Аllamova Qizlargul - Yangibozor tumani, Xorazm viloyati

«Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan
Аptiqov Kenjaboy - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʼjaligi obʼektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasining Xorazm viloyati inspektori

«Doʼstlik» ordeni bilan
Matniyazova Oybibi Narimanovna - Shovot tumanidagi «Guliston bioservis» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Pirnafasov Normat Xoʼjaboevich - «Tuyamoʼyin gidroelektrostantsiyasi» unitar korxonasining turbina sexi mashinisti, Xorazm viloyati
Umarova Ilmira Turemuratovna - «Hududgaz Xorazm» gaz taʼminoti filialining markaziy dispetcherlik xizmati dispetcheri, Xorazm viloyati

«Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Xudayberganov Kamiljon - «Ichan-qalʼa» davlat muzey-qoʼriqxonasi ilmiy kotibi, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan
Yuvakaeva Inessa Maratovna - «Ichan-qalʼa» davlat muzey-qoʼriqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati
Yaqubov Ikrambay Oʼrinovich - Xonqa tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʼlimi mudiri, Xorazm viloyati

“Shuhrat” medali bilan
Qilichov Oybek Raximboevich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʼl-patrulь xizmati inspektori