Fuqarolarga uy-joy qurish uchun yer maydonlari olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

  •  2022-01-19
Fuqarolarga uy-joy qurish uchun yer maydonlari olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Fuqarolarga uy-joy qurish uchun yer maydonlari olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Hazorasp tuman boʼlimlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.R. fuqaro O.ga uy-joy qurish uchun aslida tuman hokimligi zaxirasida boʼlgan 6 sotix ekin yerni oʼziniki ekanligini aytib, ushbu yer uchastkasini firibgarlik yoʼli bilan 10 500 АQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Qiziriq tuman boʼlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.Q. “S.C.” MChJga tegishli 8 sotix yer maydonini, fuqaro А.ga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 20 mln soʼmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.