O‘zbekistonda bugun 1-sentyabrdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar
- 2025-09-03

🔹maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi;
🔹stasionar va mobil radarlar joylashgan hududda tegishli belgi o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi;
🔹PPX yuridik shaxslarga pulli asosda xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi;
🔹har bir qurilayotgan ob'ektning QR-kodli pasporti joriy etiladi;
🔹qimmatbaho toshlarga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlarga pul beriladi;
🔹maktablarning uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan ayrim bolalar to‘lovdan ozod qilinadi;
🔹farmasevtika faoliyati uchun litsenziya berishda qo‘shimcha shartlar joriy etiladi;
🔹«Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga tushiriladi.