Xalqaro turizm kuni tadbiri start oldi.

  •  2021-09-27
Xalqaro turizm kuni tadbiri start oldi.

27-sentabr Xalqaro turizm kuni munosabati bilan Xiva shahrida ramziy parad o‘tkazildi. Paradda velamarafon ishtirokchilari, Xavfsiz turizm boshqarmasining otliq guruhlari, "Vatanparvar" tashkilotining transport vositalari ishtirok qilishdi. "Ichan-qal'a" davlat muzey qo‘riqxonasigacha bo‘lgan parad yakunida Xorazm viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Ozodovich Saidov so‘zga chiqib Xalqaro turizm kuniga bag‘ishlangan tadbirni ochib berdi. Shu bilan ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan tadbir start oldi.