Bogʼot tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shavkat Yaxshibaev sektor hududida

  •  2022-02-16
Bogʼot tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shavkat Yaxshibaev sektor hududida

SАYYOR QАBULDАGI MUROJААTLАRNING IJOBIY HАL ETILIShI NАZORАTGА OLINDI

Bogʼot tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shavkat Yaxshibaev sektor hududidagi 10-son maktabda Xalq qabulxonasi mudiri Q.Nurmetov va hokim yordamchilari bilan «Oʼzbekiston» mahallasi fuqarolari bilan oʼtkazgan sayyor 
qabulda fuqarolar tomonidan elektr taʼminotidagi holatlar, ichimlik suvi, bandlik, kredit va boshqa masalalari boʼyicha murojaatlar qilinib, ularning har biri alohida nazoratga olindi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari koʼrildi. Sayyor qabulda ayrim murojaatlarga qonuniy tushuntirish berildi. Kredit olib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish niyatida boʼlgan fuqarolarning bildirgan takliflari qoʼllab- quvvatlandi. Qabul davomida hokim «Oʼzbekiston» mahallasida «Obod mahalla» dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilishi boʼyicha rejalashtirilgan ishlarni aholiga aytib oʼtdi hamda mahalla ahlini faollikka chaqirdi.

Bogʼot tumani hokimligi axborot xizmati