Xonqa tumanida yashovchi fuqaroga 1 mln 350 ming soʼm jarima va 81 ming soʼm zarar belgilandi.
- 2022-04-21
Xonqa tumanida yashovchi fuqaroga 1 mln 350 ming soʼm jarima va 81 ming soʼm zarar belgilandi.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Xonqa tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan reyd tadbirlari davomida tumanning "Navxos" qishlogʼi "Madaniyat" mahallasida yashovchi fuqaro Q.O davlat zahira yerida oʼsib turgan 1 tup oq terak daraxtini shikastlantirganlik holati aniqlandi.
Аniqlangan holat yuzasidan fuqaro Q.O ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobarida yaʼni 1 mln 350 ming soʼm jarima va 81 ming soʼm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.