Xorazm viloyatida savdo doʼkonida qalbaki aktsiz marka bilan yelimlangan alkogolь mahsulotlari borligi aniqlandi

  •  2022-01-14
Xorazm viloyatida savdo doʼkonida qalbaki aktsiz marka bilan yelimlangan alkogolь mahsulotlari borligi aniqlandi

Xorazm viloyatida savdo doʼkonida qalbaki aktsiz marka bilan yelimlangan alkogolь mahsulotlari borligi aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urganch shahar, Hazorasp va Xonqa tumanlaridagi 4 ta alkogolь mahsuloti bilan savdo qiluvchi doʼkonlarda jami 11 808 dona alkogolь mahsulotlaridagi aktsiz markalari “Davlat belgisi” DUK bosma fabrikasida ishlab chiqarilmaganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʼozlar yasash, ularni oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.