Xorazm viloyatida qisqa muddatlarda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi boʼlgan firibgarlar ushlandi 

  •  2022-02-17

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.А. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali viloyat YHXBda haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʼlib oʼtadigan imtihondan oʼtkazib berishi evaziga 300 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.