Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi
- 2024-04-20
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Oʼzenergoinspektsiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda Yangibozor tumani “Yangiyop” MFYdagi xonadonda yashovchi J.T. oʼz uyida 2 ta toʼplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga oʼgʼrilik yoʼli bilan ulab, jami 321 mln soʼmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Olmazor tuman boʼlimi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.Sh. oʼz uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga oʼgʼrilik yoʼli bilan ulab, jami 65,3 mln soʼmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.