Шарафли табрик
- 2021-05-25
Bugun biz ustozlar uchun juda quvonchli, hayajonli kun. Niholdek parvarish qilgan o'quvchilarimizni katta hayotga kuzatmoqdamiz. Ayni shu daqiqalarda bitiruvchilarimizning sevinchi ikki hissa oshdi.Sababi, shaxsan Prezidentimizmizning yoshlarga yo'llagan tabrigi ularga o'zgacha kuch, o'zgacha shijoat baxsh etdi.Muhtaram Prezidentimiz "Yosh do'stim" deya O'zbekiston yoshlariga murojaat qilar ekan, ularga bo'lgan cheksiz mehr muhabbatni, yuksak ishonchni izhor qildilar.Albatta, bu mehr, e'tibor hayotimizdagi o'zgarishlarda o'z isbotini topmoqda. Yangidan yangi maktablarni tashkil etilgani, akademik litseylarga bo'lgan e'tibor barchamizni quvontiradi.
Bugungi bitiruvchi kechagi bituruvchi emas.Ular katta imkoniyatlar egasi.Hozirgi kundayoshlarimiz uchun bir vaqtning o'zida 5 ta oliy ta'lim muassasasida tanlovda ishtirok etish imkoniga ega bo'ldilar.Birgina akademik litseyimiz misolida aytadigan bo'lsak, o'tgan yili bitiruvchilarimizning qariyb 80 foizi Oliy ta'limga qabul qilindilar.Joriy yilda ham yuqori natijalarni ko'zlab turibmiz. Bitiruvchilarimiz orasida IETS va Sefr imtihonlarida qatnashib 10 dan oshiq talabamiz yuqori natijalarni ko'rsatdilar va sertifikatga ega bo'ldilar.
Biz, ustozlar, doimi o'quvchilarimizning yutug'idan kuch olib yashaymiz. Tilagim, barcha bitiruvchilarimiz jamiyatda munosib o'rniga ega bo'lsinlar.Vatanimizga munisib inson bo'lsinlar!
O’quvchimga xitob
Hali niholdirsan hayot bog’ida,
Qo’llaring quyoshga cho’zgin-u intil.
Ildizing qudratli zamin bag’rida
Erta mevalaring bo’lajak sarhil
Sening yashnamog’ing uchun bor kuchim
O’quvchim!
O’tkinchi to’zonlar qadding egmasin,
Kelmasin izg’irin bexos bog’ingga.
Sen bu borliq aro shunday yuksalgin
Yulduzlar shudringday qo’nsin bargingga
Sening zafarlaring-mening sevinchim
O’quvchim!
Chalg’ima qarg’alar har yon tortqilar,
Egri o’sgan daraxt yeridan ayro,
Gar nihollar o’zni o’tga otdilar,
Qancha bog’bonlarning ko’ksida nido
Ogoh bo’l, ogoh bo’l sendan o’tinchim
O’quvchim!
Vataning –sen ildiz otgan shu tuproq,
Qaynoq muhabbati- yaratar bahor
Poyingda oqar daryolar shundoq
Tomiringda oqqan qonday shiddatkor
Sen namoyon etgin daryolar kuchin
O’quvchim!
O’quvchim!
O’quvchim!
Yangiboyeva Nodira,
Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali akademik litseyi o'qituvchisi.