Shovot tumanidagi 1-sonli sport maktabida talon-torojlik fosh etildi

  •  2022-11-02
Shovot tumanidagi 1-sonli sport maktabida talon-torojlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Shovot tumanidagi 1-sonli sport maktabi masʼul shaxslari 01.06.2019 yildan 01.09.2022 yilga qadar maktabning sportchi-oʼquvchilari yuqori natijalarga erishganliklari yuzasidan diplom va bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali rahbar, instruktor-metodist, trener-oʼqituvchi jami 14 nafar xodimlarga 361,9 mln soʼm ajratib, ushbu mablagʼlarni oʼzlashtirish va rastrata qilish yoʼli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.