O‘zbekiston «Stokgol'm +50» xalqaro uchrashuvlari doirasida ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha birinchi milliy maslahatlashuvlarni o‘tkazmoqda

  •  2022-04-29
O‘zbekiston «Stokgol'm +50» xalqaro uchrashuvlari doirasida ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha birinchi milliy maslahatlashuvlarni o‘tkazmoqda

 

BMT bosh assambleyasi Stokgol'mda 2-3 iyun' kunlari o‘tkaziladigan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni oldidan «Stokgol'm+50: umumjahon farovonlik uchun sog‘lom sayyora – bizning mas'uliyat, bizning imkoniyatimiz» nomi ostidagi xalqaro uchrashuvlarga taklif qiladi.  

1972 yilda o‘tkazilgan Stokgol'm anjumanidan ellik yil o‘tganidan so‘ng Shvesiya hukumati Keniya hukumati ko‘magi yordamida  2022 yilda BMTning atrof-muhit muammolari va uning yakuniy hujjatlari bo‘yicha anjumanlari 50 yilligiga bag‘ishlangan, shuningdek, barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘n yillik harakatlar kontekstida mavjud majburiyatlarni amalga oshirishni tezlashtirish,  jumladan, koronavirus pandemiyasidan so‘ng mustahkam tiklanish uchun barqaror rivojlanishning ekologik jihatlariga hissa qo‘shish maqsadida  «Stokgol'm +50» xalqaro uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

«Stokgol'm +50» xalqaro uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda bir qator milliy maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Milliy maslahatlashuvlardan maqsad – xalqaro uchrashuvlarining asosiy mavzulari bo‘yicha jamiyat va hukumat o‘rtasidagi muloqotni rag‘batlantirishdir. Mamlakatimizga o‘z pozisiyasini ko‘rsatish va O‘zbekistonning ekologik muammolarini xalqaro miqyosga olib chiqish, tabiat, uning resurslarini asrab-avaylash bo‘yicha erishgan muvaffaqiyatlari hamda davlat chora-tadbirlari yo‘nalishlarini, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qo‘shayotgan hissasini namoyon etish imkoniyati beriladi. Milliy maslahatlashuvlar natijasida xalqaro uchrashuvlarga xissa qo‘shish sifatida mamlakatni rivojlantirish dasturlarining istiqbollari shakllantiriladi.   

Hukumat va rivojlanish bo‘yicha O‘zbekiston bo‘ylab hamkorlar bilan birgalikda keng qamrovli va mas'uliyatli jarayon sifatida to‘rtta milliy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi: 

✅ Yashil o‘sish strategik asosini muhokama qilish va O‘zbekistonda «Green Hub» ishga tushirilishi – O‘zbekiston Respublilkasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi –2022 yil 29 aprel'; 

✅ Orolbo‘yi mintaqasining barqaror rivojlanishini mustahkamlash (Orolbo‘yi mintaqasi uchun kompleks yo‘l xaritasi atrofida) – O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, 2022 yil 6 may Nukusda;

✅ Davlat miqyosida belgilangan hissa va iqlim o‘zgarishiga moslashish – O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi,  2022 yil 11 may;

✅ O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslardan foydalanishda jamoatchilik ishtiroki bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etish – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 2022 yil 12 may 

2022 yil 29 aprel' kuni O‘zbekiston Respublilkasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda birinchi konsul'tasiya tashkil etildi va u Yashil o‘sishning asosiy shartlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.  Davra suhbati muhokamalarida turli davlat vazirliklari va idoralari, xalqaro tashkilotlari vakillari, shuningdek, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va jamoatchilik guruhlari a'zolari ishtirok etishdi. 

Mazkur «Strategik asoslar» O‘zbekistonga xalqaro tajriba va takliflar asosida yashil o‘sishning oltita yo‘nalishi bo‘yicha iqtisodiy rivojlanishning barqaror yo‘lini va muayyan sohaviy ustuvorliklarga ega asosiy o‘zaro bog‘liq mavzularni belgilab o‘tish imkonini beradi. Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirishga qaratishgan yangi e'tibor nuqtai nazaridan, BMT TD o‘zaro hamkorlikdagi maslahatlashuvlar va so‘nggi yangiliklarni ulashish orqali Hukumatni yashil o‘sish strategik asoslarini ishlab chiqishida faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Matil'da Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘z nutqida quyidagilarni qayd etib o‘tdi:  «Bugun biz yashil o‘sish strategik asoslarini ishlab chiqishda o‘z ishtirokimiz va qo‘llab-quvvatlashimizni davom ettirishga tayyorligimizni bildiramiz. Ramziy ma'noda, maslahatlashuvlar g‘oyalarni shakllantirish, bilimlarni to‘plash va ularni o‘zaro almashish orqali «yashil» iqtisodiyotga o‘tishga hissa qo‘shish uchun mo‘ljallangan «Green Hub» ishga tushirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.  «Stokgol'm+50» xalqaro uchrashuvlari doirasidagi dastlabki milliy konsul'tasiyaga mana shunday asos solinganidan juda mamnunmiz».

Mazkur maslaxatlashuv bilan qatorda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida g‘oyalarni shakllantirish, bilimlarni yig‘ish va ularni o‘zaro almashish orqali mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayoniga yanada ko‘maklashish, shuningdek, ekspertlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlarini jalb qilish, birlashtirish hamda birgalikdagi ishlarni tashkil etishni maqsad qilgan "Green Hub" Respublika markazini ishga tushirilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.