Xorazmda ham aholi xonadonida quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish boshlandi
- 2022-12-05
Aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xorazm viloyatida ham ayni vazifalar ijrosi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Po‘lat Sabirov xonadonining tom qismiga quvvati 8 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatgan holda, o‘z ehtiyojlari uchun foydalanib kelmoqda. Ushbu stansiya orqali yiliga o‘rtacha 14 000 kVt-soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Shuningdek, fuqaro ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni ham boshladi.
Jumladan, isteʼmolchi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.