Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
- 2024-01-24
Departamentning Hazorasp tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʼullanib kelgan B.А. fuqaro Q.R.dan 3200 АQSh dollarini sotib olish uchun 220 ming Rossiya rubli va 8,6 mln soʼm bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 15 ming Rossiya rubli va 2,1 mln soʼm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Shovot tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʼullanib kelgan J.D. jami 4 000 АQSh dollarini fuqaro O.А.dan 49,2 mln soʼmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʼtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.