Bizning ma’muriyatimizga ichki ko‘chalarga yotqizilayotgan asfalt qoplamasi me’yor darajasidan past, ya’ni yupqa bosilayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
- 2026-04-07
Ma’lumki, Islom taraqqiyot banki ko‘magida va Davlat rahbarining tashabbusi bilan Xorazm viloyati, Xonqa tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, ichki yo‘llar, ichimlik suvi tarmoqlari, ariqlar, piyodalar yo‘lakchalari hamda elektr energiyasi tizimlari tubdan yangilanmoqda.
Hududlarda tadbirkorlar ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Shu bilan birga, bizga kelib tushgan murojaatda Xonqa tumani Paxtagul mahallasida ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish jarayonida ayrim joylarda asfalt qoplamasi belgilangan me’yorlardan kam, ya’ni yupqa yotqizilayotgani ta’kidlangan.
Mazkur holat yuzasidan bizda yo‘l qurilishi bo‘yicha mutaxassis mavjud emasligini inobatga olib, yuqorida ko‘rsatilgan hududda tegishli mutaxassislar hamda laboratoriya xodimlari ishtirokida tekshiruv o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatishingizni