TADBIRKORLAR BILAN PROFILAKTIK SUHBAT

  •  2021-10-15
TADBIRKORLAR BILAN PROFILAKTIK SUHBAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasida viloyatda  matbaa faoliyati bilan shug‘ullanayotgan  korxonalar rahbarlari va ularning xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi.

Profilaktik suhbatda  Xorazm viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi viloyati hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Sharipov ishtirok qilib, viloyatda matbaa xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga sohaga doir qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, me’yorlarga  qat’iy e’tibor berish zarurligini  atroflicha tushuntirildi.

Muloqotda matbaa xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilayotgan banner, buklet va flaerlar (ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari) sifatiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi xususida aytib o‘tildi. Shu bilan birga, mas’ullar tomonidan matbaa xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga  ko‘cha va aholi gavjum joylarida joylashtirilgan turli  ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridagi kamchiliklar keng jamoatchilik tomonidan boshqacha talqin qilinishi mumkinligi tushuntirildi.

Profilaktik suhbat muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

N.SAPARBAEV