Xorazm viloyatida yer maydoni va kredit ajratishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

  •  2022-03-28
Xorazm viloyatida yer maydoni va kredit ajratishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Xorazm viloyatida yer maydoni va kredit ajratishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʼot tuman boʼlimi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.B. va Z.А.lar boshqa bir fuqaro O.ning ishonchiga kirib, Z.А. rahbarligidagi “Z.-J.” MChJga ajratilgan 1,5 gektar yer maydonini uning nomiga oʼtkazib berish hamda bank muassasasidagi tanishlari orqali issiqxona qurish uchun 2 mln АQSh dollari miqdorida kredit olishda amaliy yordam berishni vaʼda qilib, evaziga 90 000 АQSh dollari talab qilib, shundan 80 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.