Xorazm viloyatida tajriba sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

  •  2022-02-10
Xorazm viloyatida tajriba sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BEPUL TUSHLIK BILAN TA’MINLASH BOSQICHMA-BOSQICH AMALGA OSHIRILMOQDA

Xabaringiz bor, Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida«gi Farmonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 2022-yil 1-apreldan boshlab bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilab qo‘yilgan edi. 

Xorazm viloyatida tajriba sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Tayyor mahsulotlar  tadbirkorlar tomonidan reja asosida yetkazib berilmoqda. 

Oziq-ovqat mahsulotlari o‘quvchilarga sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda katta tanaffus vaqtida tarqatilmoqda.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kayfiyati ko‘tarilib, Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.