Yangiariq tumanida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chеk qo'yildi
- 2025-03-15

Tadbir davomida Yangiariq tumanida yashovchi fuqaroning uyi va yordamchi xo'jaliklarida qiymati 62,3 million so'mlik turli nomdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari kеyinchalik sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi. Ta'kidlash joizki, ushbu dori vositalari Vazirlar Mahkamasining 185-sonli qarori talablariga zid ravishda, saqlash talablariga javob bеrmaydigan sharoitlarda saqlab kеlingan. Ko'zdan kеchirish jarayonida ayrim dori vositalarining qadoqlari va o'ramlarida ko'rsatilgan yaroqlilik muddatlari o'tgan ekanligi ma'lum bo'ldi.
Hozirda holat yuzasidan tеrgovga qadar tеkshiruv harakatlari olib borilmoqda.