Oʼzbekiston va Eron Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish yoʼllarini muhokama qildilar

  •  2023-11-09
Oʼzbekiston va Eron Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish yoʼllarini muhokama qildilar

Poytaxtimizda oʼtayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9 noyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʼzaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki tomonlama savdoda oʼsish surʼati saqlanib qolmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni toʼliq roʼyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xoʼjaligi, logistikada oʼzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Oʼzbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini koʼrsatib oʼtdilar.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Аfgʼonistondagi bugungi vaziyat nuqtai nazaridan koʼrib chiqildi.