Xiva shahar va Shovot tumanlarida qalbaki aktsiz markali alkogolь mahsulotlari sotayotgan savdo doʼkonlari aniqlandi
- 2022-05-24
Xiva shahar va Shovot tumanlarida qalbaki aktsiz markali alkogolь mahsulotlari sotayotgan savdo doʼkonlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “R.R.” MChJning Xiva shahridagi savdo doʼkonida qalbaki aktsiz markali 597 dona “BARON”, “Parlament”, “DIPLOMAT” va “Qarataw” nomi ostidagi qoʼlbola usulda tayyorlangan alkogolь mahsulotlari savdoga qoʼyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Shovot tumani boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “L.D.U.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʼkonida qalbaki aktsiz markali 366 dona “Toshkent One vodka”, “Qarataw”, “Yurta”, “Romanov vodka”, “Baron”, “BOSS”, “Parlament”, “BOCHKA”, “STOLICHNAYA” va “Shilla” nomli alkogolь mahsulotlari savdoga qoʼyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʼozlar yasash, ularni oʼtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.