Koʻp miqdorda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar toʻxtatib qolindi
- 2026-01-31
Giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Xususan, Qoʻqon shahrida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994 y.t. shaxsga tegishli Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
❗️ Hurmatli fuqarolar! Kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish sogʻliq uchun xavfli hisoblanadi. U organizm uchun jiddiy muammolar va hatto kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Yurak xuruji, asab tizimidagi buzilishlar va ichki aʼzolarni ishdan chiqarishga olib keladi. Eng ayanchlisi, u oʻlim holatiga ham sabab boʻlishi mumkin.
Shu bois, yurtimizda bunday moddalarning noqonuniy aylanmasi va retseptsiz sotilishi qatʼiyan taʼqiqlanib, javobgarlik belgilangan.