“TOYOTO PRADO” xatlangach, qarzdorlik toʼlandi
- 2022-01-27
“TOYOTO PRADO” xatlangach, qarzdorlik toʼlandi
Fuqarolik ishlari boʼyicha Shovot tumanlararo sudining 12.10.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor korxonadan АT “Xalq banki” foydasiga 34,7 ming АQSh dollari miqdorida kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garov mulki boʼlgan “TOYOTO PRADO” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qoʼshkoʼpir tuman boʼlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli boʼlgan “TOYOTO PRADO” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Byuroning Qoʼshkoʼpir tumani boʼlimi binosiga olib kelinib, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auktsionlarini tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarildi.
Shundan keyin qarzdor oʼziga tegishli boʼlgan transport vositasidan ayrilib qolishini bilib, kredit qarzdorligini toʼlab berdi.