“Hayotdagi maqsadlar” loyihasida IT sohasidagi yutuqlar Kurbonboev Jamshidbek 1-ko'rsatuv
- 2022-12-15
Yoshliklagi orzular yoki IT sohasidagi yutuqlar “Hayotdagi maqsadlar” loyihasida
Qisqa vaqt IT olami kecha va bugun.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda IT sohasida erishilayotgan ulkan yutuqlar, IT asosida yaratilayotgan texnika va texnologiyalar barchaning diqqat e’tiborida ekanligi aniq. Xo‘sh, “bu loyihalarni yaratuvchilar kimlar? Ularning faoliyati nimadan iborat bu yaratuvchanlik qobiliyatini ular qayerdan olishyabdi?” degan savollarga qiziquvchilar ko‘plab topiladi!
Bugungi kunda IT sohasi olamni egallamoqda
Dunyoda IT sohasi shu darajada rivojlanib ketyaptiki, endilikda ayrim kompaniyalar ushbu yo‘nalishda universitetni bitirganlarni ishga olmayapti. Chunki ular o‘qigan o‘quv dasturlari ushbu rivojlanish bilan birga yangilanishga ulgurmayapti. Bu sohani yaxshi bilganlar bozorda rosa talash. Narxlar baland. Keyin ham faqat shunaqa bo‘ladi. Eng katta pul aynan shu yo‘nalishda.
“Eng asosiysi, aytishnik bo‘lish uchun diplom kerak emas. Pul topmoqchimisiz? Yaxshi yashamoqchimisiz? Boy bo‘lmoqchimisiz? Maybax yoki X7 da yurmoqchimisiz? Erkin, o‘zingizga xon bo‘lmoqchimisiz? Faqat IT yo‘nalishiga o‘zingizni yo‘naltiring”. (Oddiy xaqiqat!)
IT sohasi unchalik uzoq o‘tmishga ega emas desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, bu soha 2000 yillardan boshlab, sanoat, industriya, texnologiya va shu kabi sohalarga shu darajada shiddat bilan kirib keldiki, yangiliklarni ortidan yetishib ulgurmaysiz.
Bill Geyts (Microsoft), Sergey Brin (Google), Mark Sukerberg (Facebook) bu sohaning eng taniqli odamlaridan hisoblanishadi.
O‘zbekistonda IT loyihalari
Agar siz e’tibor berayotgan bo‘lsangiz so‘nggi paytlarda yurtimizda dasturchilik sohasiga doir ko‘plab ko‘zga ko‘ringan ajoyib yangiliklar , loyihalar va tanlovlar ishlab chiqilmoqda. Dasturchilik bu “kelajak” kasbi ekanligini deyarli barchamiz bilib oldik. Biz axir axborot texnologiyalari asrida yashab kelmoqdamiz.
IT sohasida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda, asosiy maqsad esa yangi malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqarishdir. Shu o‘rinda bizning davlatimizga ham IT sohasi va bu soha mutaxassislari kirib kelganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmadi. Bunga bir qancha misollar keltirish mumkin. Jumladan, IT park, Uzbekcoders shular jumlasidandir.
O‘zbekistondagi ITning rivoji haqida yaqindan tanishish uchun bugun biz Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumaniga tashrif buyurdik.
Jamshid Kurbonboyev ITc markaz asoschisi
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 2000 yilda tug‘ilgan Kurbonboev Jamshidbek shunday yoshlardan biri hisoblanadi. Uning yoshlikdan IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi, kompyuter olami bilan do‘stlasha olganligi Jamshidbekni dasturlash olamiga boshladi.
“IT olamiga kirib kelishim oson bo‘lmagan, yoshlikdan sohaga qiziqishim, ko‘plab tanlovlarda qatnashganim, asosiysi Xitoy davlatining Sichuan provinsiyasi SWPU universitetida soha bo‘yicha o‘qiganim bugun menga ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochmoqda” deya so‘zini boshladi qahramonimiz.
Mehnat samarasi
“Agar siz nimanidir juda qattiq xoxlasangiz, maydonga tortishish qonuni kirib keladi”.
(Endryu Karnegi)
Biz qahramonimizdan erishgan yutuqlari haqida so‘raganimizda,
“Men hamma narsaga avvalambor ollohning inoyati hamda ota-onamning qo‘llab-quvvatlashlari orqali erishib kelmoqdaman. Bugungi kunda tumanda o‘zimning IT o‘quv markazimga egaman, ko‘plab shogirdlar tayyorlab kelmoqdaman, katta zavod va fabrikalar, kichik firmalardan kelgan 10 dan ziyod shartnomalar asosida dasturlarni tayyorladim, bemalol professional formatdagi sayt yarata olaman. Olgan bilimlarim qolaversa tajribamga tayanib hali davlatimizga import qilib chetdan olib kelinayotgan bir qancha turdagi qurilmalarni o‘zim yasay olaman. Maqsadim, bizning davlatimizda ham IT ga ixtisoslashgan, exportga ixtisoslashgan yirik zavod va kompaniyalar barpo qilish” deya ta’rif beridi.
Xitoy, Sichuan provinsiyasi (o'qish davri)
Kelajakdagi rejalar
Kurbonboev Jamshidbek o‘zining ko‘plab izlanishlari va tadqiqotlari natijasi o‘laroq endilikda bir nechta yirik loyihalar yaratish ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri, chet davlatlarda deyarli barcha korxona va tashkilotlarga kirish joyida o‘rnatiladigan Turniket moslamasini o‘zining tumanida yangi ishga tushishi kutilayotgan zavodida ishlab chiqarish. Buning ham o‘ziga xos ramziy ma’nosi bo‘lsa kerak deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak! Bor albatta, Kurbonboev Jamshidbek o‘zining tug‘ilib o‘sgan ona-vatanida ham IT sohasi bilan bog‘liq yirik loyihalarni amalga oshirib, yurtimizga foyda keltirish hamda vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iborat. Unga bir nechta chet davlatlardan kelib tushgan takliflarga rad javobini berganidan ham bilsa bo‘ladi.
ITC markazi: Kurbonboyev Jamshidbekning ofisi
Misol uchun,
“yaqinda Dubay davlatidan 90 ming dollarlik loyihani 1 yil davomida amalga oshirish taklifi bilan chiqishdi, men bunga nisbatan rad javobini berdim. Bilasizmi nima uchun? Agar men shu loyihani yoki shunga o‘xshash loyihani o‘zlarimizda qilsam foydasi ham o‘z davlatimizga bo‘ladi” deya izoh berdi qahramonimiz.
Tizim rivojlanish dinamikasi yillarda
P/S: Kurbonboev Jamshidbek kelgusi 4 yilga mo‘ljallangan rejalari borligini bildirib o‘tdi. Uning yangi loyihalari haqida videolarimiz davomida tanishtirib boramiz!