Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi
- 2021-11-09
Biz+Siz+Ular=Barchamiz masʼulmiz
🌱Har bir shahar yo tumanning obodligi mahalla obodligidan boshlanadi. Shunday hayrli tadbirlardan biri Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi mas’ulligida tumanning “Mustaqillik” va “Sh.Rashidov” ko‘chalarida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlari yovvoyi o‘tlardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, degan purmaʼno hikmat bejiz aytilmagan. Kimki o‘z xonadonini, mahallasini ozoda, sarishta tutsa, o‘sha uyda fayzu baraka, xotirjamlik bo‘ladi. Xalqimiz farovonligi ham ana shu obodlik va bunyodkorlikning mahsulidir.