Gurlan va Yangibozor tumanlarida qalbaki aktsiz markali alkogolь mahsulotlari sotayotgan savdo doʼkonlari aniqlandi
- 2022-07-02
Gurlan va Yangibozor tumanlarida qalbaki aktsiz markali alkogolь mahsulotlari sotayotgan savdo doʼkonlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O`.S.” xususiy korxonasining Gurlan tumanidagi savdo doʼkonida aktsiz markasiz 588 quti “Esse Change”, “Bisness Royals”, “Mond”, “Milano Tech”, “Milano Paris”, “Milano London” va “Milano Red” nomli tamaki mahsulotlari, shuningdek, qalbaki aktsiz markali 314 dona “Qarataw”, “Sobranie”, “Roberto Cavallia”va “Bionica” nomi ostidagi qoʼlbola usulda tayyorlangan alkogolь mahsulotlari savdoga qoʼyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Yangibozor tumanida oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.A.” xususiy korxonaga qarashli savdo doʼkonida qalbaki aktsiz markali 240 dona “Diplomat”, “Qarataw”, “Sheryurak” va “Dobriy vecher” nomi ostidagi qoʼlbola usulda tayyorlangan alkogolь mahsulotlari savdoga qoʼyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʼozlar yasash, ularni oʼtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.